Yangiliklar

Slovakiya o‘zbekistonliklar uchun viza tartibini soddalashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Arizalarni ko‘rib chiqish muddatini uch oydan bir oygacha qisqartiriladi
Slovakya
Foto: BBC

Slovakiya o‘zbekistonliklar uchun viza tartibini soddalashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Bratislavada O‘zbekiston va Slovakiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida ilk konsullik maslahatlashuvlarida ma’lum qilindi.

Uchrashuvda viza rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish, mehnat migratsiyasi va konsullik ma’lumotlari almashinuvi masalalari muhokama qilingan.

Slovakiya tomoni arizalarni ko‘rib chiqish muddatini uch oydan bir oygacha qisqartirish imkoniyati ko‘rib chiqishi ma’lum qilgan. Slovakiya Migratsiya masalalari agentligi O‘zbekistondan ishchi muhojirlarni Volvo zavodida ishga jalb qilish rejalari haqida xabardor etiladi. Shu bilan birga, migrantlar uchun slovakiya tilini o‘rgatish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, ikki davlatning tegishli idoralari mehnat migratsiyasini tartibga solish, mobillik va readmissiya masalalari bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlar ustida ishlashni davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chernogoriya O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz tartibni bekor qilgani haqida yozgan edi.