Yangiliklar

Toshkent, Navoiy va Surxondaryoda korrupsion holatlar fosh qilindi

Toshkent shahrida advokatlik byurosi vakili va advokatlar kollegiyasi a’zosi ayblanuvchining ehtiyot chorasini qamoqdan uy qamog‘iga o‘zgartirish uchun $14 ming pora so‘ragan
Toshkent, Navoiy va Surxondaryoda korrupsion holatlari fosh qilindi / Foto: Ochiq manba

Toshkent, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida korrupsion holatlar fosh qilindi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.

Navoiy viloyatida Qiziltepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i savdo majmuasi uchun yong‘in xavfsizligi xulosasini ijobiy berish evaziga $3 ming miqdorida pora talab qilgan. U pul olayotganda ish xonasida qo‘lga olingan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u qamoqqa olingan.

Surxondaryo viloyatida esa Jarqo‘rg‘on tumani Majburiy ijro bo‘limi rahbarining o‘rinbosari va davlat ijrochisi fuqaroning chetga chiqish taqiqini olib tashlash va fermer yerlarini auksionga chiqarmaslik evaziga $600 va 10 mln so‘m olgan paytda qo‘lga tushgan. Ular ustidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha ish ochilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Toshkent shahrida advokatlik byurosi vakili va advokatlar kollegiyasi a’zosi ayblanuvchining ehtiyot chorasini qamoqdan uy qamog‘iga o‘zgartirish uchun $14 ming pora so‘ragan. Ular SGB va Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan pul olayotganda ushlangan. Ularning harakatlariga Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari asosida firibgarlik va pora berish holatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.

Avvalroq DXX yirik miqdordagi giyohvandlik moddalari kontrabandasiga chek qo‘ygani haqida yozgan edik.