
Futbol bo‘yicha Chilida o‘tkazilgan «U-20» Jahon chempionati finalida Marokash terma jamoasi 2:0 hisobida argentinalik tengqurlaridan ustun keldi.
Uchrashuv poytaxt Santyago shahrida bo‘lib o‘tdi. Marokashliklar safida Yassir Zabiri ikki golga mualliflik qildi. Shu tariqa Afrika qit’asi vakillari o‘z tarixida birinchi marta bu yosh toifasida chempionga aylandi.
Uchinchi o‘rin uchun bo‘lib o‘tgan bahsda kolumbiyalik yoshlar Fransiyani minimal 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, bronza medallarga ega chiqdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Osiyoning eng yaxshi futbolchilari aniqlangani haqida xabar bergan edi.