Yangiliklar

Moskva iqtisodiy o‘sishining asosiy manbalaridan biri — muhojirlar

OTM ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yildan 2023-yilgacha migrantlarning umumiy hissasi 20 foizdan past bo‘lmagan
Мигранты в России
Foto: Egor Ivlev / Unsplash

Oliy iqtisodiyot maktabi hisob-kitoblariga ko‘ra, migrantlarning Moskva iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasi har yili Ichki mintaqaviy mahsulotning (YaMM) 23-25 foiziga yetadi, deb yozadi Forbes.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, muhojirlarning mehnati poytaxtga xarajatlardan ko‘ra ko‘proq daromad keltiradi, bu esa ularning iqtisodiyotdagi ishtirokini nafaqat samarali, balki moliyaviy jihatdan ham foydali qiladi.

OTM ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yildan 2023-yilgacha migrantlarning umumiy hissasi 20 foizdan past bo‘lmagan, faqat 2020-yilda pandemiya tufayli bu ko‘rsatkich 21 foizga tushdi.

Tadqiqotda ish bilan bandlarning beshta toifasi ajratib ko‘rsatilgan: moskvaliklar, doimiy migrantlar, kunlik, vaxta va xalqaro mehnat migrantlari.

Kunlik ishchilar har kuni qo‘shni viloyatlardan, vaxtachilar uzoq muddatga keladi, chet ellik mutaxassislar esa vaqtinchalik shartnoma asosida ishlaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiya 770 ming nafar migrantga nisbatan deportatsiya rejimini joriy etgani haqida xabar bergan edi.