
Dam olish kunlari bir qator tijorat banklari valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalarining faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Quyidagi banklarning ayrim filiallari 25 – 26-oktabr kunlari aholiga xizmat ko‘rsatadi. Bank nomiga bosish orqali aniq manzilini ko‘rishingiz mumkin:
- Аgrobank
- Аpexbank
- Asia Alliance bank
- BRB
- Ipoteka bank
- Milliy bank
- Orient Finans bank
- Tenge bank
- Trastbank
- Hamkorbank
- Anor bank
- Asaka bank
- Garant bank
- Hayot bank
- InFin bank
- Universalbank
- Turon bank
- Kapital bank
- Poytaxt bank
- SQB
Shuningdek, «24/7» rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari va mobil ilovalar orqali ham valyuta ayirboshlash amaliyotlarini istalgan vaqtda bajarish mumkin.
Avvalroq 27-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilingandi. Unga ko‘ra, shu kun uchun AQSh valyutasi 12 117,35 so‘m (-11,98 so‘m) etib belgilandi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 7,93 so‘mga oshib, 14 069,46 so‘mni, rubl esa 0,32 so‘mga oshib, 149,49 so‘mni tashkil qildi.