Sport

«Barselona»ning 18 yoshli yulduzi Pau Kubarsi dunyoning eng qimmat himoyachisiga aylandi

Pau Kubarsi dunyoning eng qimmat himoyachisi
Foto: FC Barselona

Dunyoga mashhur Transfermarkt portali dunyoning eng qimmat himoyachilari reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, «Barselona» va Ispaniya terma jamoasining futbolchisi Pau Kubarsi birinchi o‘rinni band etgan.

18 yoshli futbolchi yosh bo‘lishiga qaramay o‘z klubida allaqachon asosiy himoyachiga aylandi. Pau Ispaniya tema jamoasi bilan Olimpiada chempioni sanaladi. Kubarsi Tuttosport nashri har yili dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisiga topshiriladigan Golden Boy sovrini uchun ham asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Foto: Transfermarkt

Shuningdek, Transfermarkt ro‘yxatidan «Arsenal»ning fransiyalik futbolchisi Uilyam Saliba, «Inter» a’zosi Alessandro Bastoni hamda «Man Siti»ning xorvatiyalik himoyachisi Yoshko Gvardiol ham joy olgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abduqodir Husanov Osiyodagi eng qimmat futbolchiga aylangani haqida xabar bergan edi.