Yangiliklar

Serbiya rahbari O‘zbekistonga tashrif natijalaridan mamnun

Aleksandr Vuchich imzolangan bitimlar va hamkorlik rejalari haqida so‘zlab berdi
Foto: Anadolu agentligi

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich O‘zbekistonga tashrifi natijalaridan mamnunligini bildirdi. Bu haqda u Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifi chog‘ida aytib o‘tdi, deb xabar berdi B92 nashri.

Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya va qo‘shma loyihalar uchun asos bo‘ladigan boshqa bir qancha hujjatlarni imzolagan. Uning ta’kidlashicha, tashrif muvaffaqiyatli o‘tmoqda va keyingi aloqalar uchun mustahkam poydevor yaratmoqda.

Serbiya rahbari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan hukumatlararo komissiya yig‘ilishidan so‘ng Shavkat Mirziyoyevni Belgradda kutib olishini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Serbiya va O‘zbekiston prezidentlari qator hujjatlarni imzolagani haqida xabar bergan edi.