
WhatsApp foydalanuvchilari endilikda chat zaxira nusxalarini parolsiz himoyalashi mumkin. Bu haqda WhatsApp’ning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, yangi «kirish kaliti orqali shifrlash» funksiyasi iOS va Android tizimlariga bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Bu funksiya orqali zaxira nusxalar barmoq izi, yuzni aniqlash yoki qurilma paroli yordamida shifrlanadi. Shunday qilib, foydalanuvchilar endi 64 xonali maxsus kalitni yodlashga hojat qolmaydi.
Ushbu funksiyani sozlamalarni «Chatlar → Chat zaxirasi → Skvoznoy shifrlash bilan zaxira» bo‘limidan yoqish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq WhatsApp’da xabarlarni tarjima qilish funksiyasi ishga tushgan edi.