Yangiliklar

Toshkentda «Gelik» tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi — video

Hodisa oqibatida ikki kishi tan jarohati olgan
Foto: Videodan ekran tasviri

30-oktabr kuni soat 12:45 atrofida Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Mercedes-Benz G-Class va tez yordam mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Hodisa oqibatida ikki kishi tan jarohati oldi. Ular voqea joyida tibbiy yordam olgan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/10/42424424.mp4

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlagan. Rasmiylar haydovchilarga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish zarurligini eslatib o‘tgan.

Kursiv Uzbekistan nashri Chery krossoveri Malibuning ustiga chiqib ketgani haqida yozgan edi.