Yangiliklar

Xavfsizlik kamari taqmaslik mumkin bo‘lgan kasalliklar roʻyxati e’lon qilindi

Mazkur holat olti oylik muddatli QR-kodli tibbiy ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi
Xavfsizlik kamari taqmaslik mumkin bo‘lgan kasalliklar roʻyxati e’lon qilindi / Foto: Lenta

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan avtomobil xavfsizlik kamarini taqmaslik mumkin bo‘lgan kasalliklar roʻyxati e’lon qilindi. Loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Quyida to‘liq ro‘yxat bilan tanishish mumkin:

Kasalliklar va holatlar nomi
1Umrov va toʻsh suyagi sinishi
2Yelka kamari sinishi
3Qovurgʻalari sinishi
4Umurtqa pogʻonasining kompression sinishi
5Oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalliklari (IV bosqich)
6Bronxial astma (IV bosqich)
7Oʻpkaning interstetsial zararlanishi
8Oʻpkaning bir qismi yoki butun qismini (chap yoki oʻng) olib tashlanishi
9Surunkali yurak yetishmovchiligining III bosqichi va dekompensatsiya bosqichi
10III darajali (morbid) semizlik (BMI ≥ 40)
11Past boʻylik (nanizm) 150 smdan past
12Qoʻl yoki yelka harakatining cheklovchi nevrologik kasalliklari
13Terining koʻkrak qismida joylashgan ogʻir allergik yoki dermatologik kasalliklarining ogʻir shakllari (ekzema, psoriaz)
14Koʻkrak yoki yelka sohasida protez yoki implantlar qoʻyilishi
15Koʻkrak qafasi va qorin boʻshligʻida oʻtkazilgan ochiq turdagi operatsiyalar
16Stomalar (sun’iy chiqish yoʻli) qoʻyilishi
17Koʻkrak qafasi sohasidagi yirik hosilalar (oʻsma)
18Homilador ayollar

Ushbu holatlar «Elektron sogʻliqni saqlash» tizimi orqali QR-kodli elektron tibbiy ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi va uning amal qilish muddati olti oyni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda barcha xususiy avtomaktablar yopilishi haqida xabar bergan edik.