Yangiliklar

AQSh va O‘zbekiston 100 milliard dollarlik hamkorlik boshlaydi — Donald Tramp

Tramp O‘zbekiston bilan yangi iqtisodiy bitim haqida e’lon qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth ijtimoiy tarmog‘ida O‘zbekiston bilan yangi savdo va investitsiya bitimi imzolanganini ma’lum qildi.

Trampning yozishicha, kelgusi uch yil ichida O‘zbekiston AQSh iqtisodiyotiga qariyb $35 milliard miqdorida sarmoya kiritadi. Keyingi o‘n yil davomida esa umumiy investitsiyalar hajmi $100 milliarddan oshishi kutilmoqda.

«Bu mablag‘lar AQShning asosiy sohalariga — muhim minerallar, aviatsiya, avtomobil ehtiyot qismlari, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, energetika, kimyo va axborot texnologiyalariga yo‘naltiriladi», — deb yozdi Tramp.

Foto: Truth

U, shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirgan va ikki mamlakat o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni davom ettirishga umid bildirgan. Agar loyiha amalda ro‘yobga chiqsa, bu O‘zbekiston tarixidagi eng yirik xorijiy investitsiya tashabbuslaridan biri bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev AQShning bir qator kompaniya va rasmiylari bilan uchrashgani haqida xabar bergan edi.