Yangiliklar

Green Card’ga ariza topshirish muddati o‘zgaradi

Mazkur o‘zgarishlar DV-2027 ga tanlab olingan shaxslarning vizaga ariza topshirish muddatiga ta’sir qilmaydi
Green Card’ga ariza topshirish muddati o‘zgaradi
Green Card’ga ariza topshirish muddati o‘zgaradi / Foto: depositphotos

Amerikaning Diversity Visa (DV) dasturiga ariza berish jarayonida ba’zi o‘zgarishlar joriy qilinmoqda. Bu haqda AQSh davlat departamenti xabar berdi.

Unga ko‘ra, DV-2027 uchun ro‘yxatga olish davrining boshlanish sanasi va tanlov natijalari qachon e’lon qilinishi mumkinligi tez orada ma’lum qilinadi.

Mazkur o‘zgarishlar DV-2027’ga tanlab olingan shaxslarning vizaga ariza topshirish muddatiga ta’sir qilmaydi. Vizaga ariza topshirish davri 2026-yil 1-oktabrdan 2027-yil 30-sentabrgacha davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 16-oktabrdan boshlab Diversity Visa (Green Card) lotereyasida qatnashuvchi barcha ishtirokchilar $1 miqdorida elektron ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lov qiladi.

Davlat departamenti ma’lumotiga ko‘ra, yangi tartib DV lotereyasining xarajatlarini adolatli taqsimlash uchun joriy etilgan. Shu paytgacha xarajatlar asosan 55 ming nafar g‘olib bo‘lgan va viza arizasi topshirishga o‘tgan ishtirokchilar zimmasiga tushgan edi. Endilikda esa har yili ro‘yxatdan o‘tadigan 25 milliondan ortiq arizachi bu xarajatlarga hissa qo‘shadi.