Yangiliklar

Xorazm aholi jon boshiga tadbirkorlar soni bo‘yicha yetakchi hudud bo‘ldi

Toshkent shahri ikkinchi o‘rinda
Foto: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekistonda 2025-yil 1-oktabr holatiga har ming nafar aholiga 32,1 ta tadbirkorlik subyekti to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Eng yuqori ko‘rsatkich Xorazmda qayd etildi. Hududda har ming nafar aholiga 43,5 nafar tadbirkor to‘g‘ri keladi. Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich 43,4 bo‘lib, poytaxt ikkinchi o‘ringa joylashdi. Uchinchi o‘rin esa 37,7 ko‘rsatkich bilan Sirdaryoga tegishli.

Xorazm va poytaxtdan keyingi natijalar quyidagicha:

Buxoro — 37,5
Navoiy — 36,2
Andijon — 36,0
Jizzax — 34,6
Toshkent viloyati — 31,0
Samarqand — 29,4
Namangan — 28,5
Qoraqalpog‘iston — 28,0
Farg‘ona — 27,6
Qashqadaryo — 26,1
Surxondaryo — 24,3

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonga joriy yil boshidan buyon 56 mingta avtomobil import qilingani haqida yozgan edi.