Yangiliklar

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida Qo‘shma bayonot imzolandi

Shuningdek, davlatlar o‘rtasida yettita bitim, to‘rtta memorandum va boshqa hujjatlar imzolandi
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida Qo‘shma bayonot imzolandi
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida Qo‘shma bayonot imzolandi / Foto: prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Qasim-Jomart Toqayev Qo‘shma bayonot imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, tomonlar geologiya, nodir yer metallarini qazib olish, transchegaraviy daryolar oqimini prognoz qilish bo‘yicha ikki tomonlama ishchi guruhlar va ikki davlat hududlari rahbarlari Kengashini tuzish bo‘yicha qarorlar qabul qildi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/11/reels-podpisaniya-new.mp4
Video: prezident matbuot xizmati

Tashrif davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida bir nechta muhim hujjatlar ham imzolandi. Ular orasida:

  • Transchegaraviy suv obyektlarini birgalikda boshqarish va ulardan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi bitim;
  • Bojxona xizmati vakolatxonalarini ochish to‘g‘risidagi bitim;
  • Chegaraoldi hududlarda yerusti radio xizmatlari tomonidan fuqarolik maqsadlarida foydalaniladigan radiochastotalarni o‘zlashtirishni muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi bitim;
  • Qo‘shma harbiy o‘quvlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi bitim;
  • Qo‘shma investitsiya platformasini yaratish to‘g‘risidagi hadli bitim;
  • 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi;
  • Adliya vazirliklari o‘rtasida 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
  • Tog‘-kon sanoatida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi memorandum;
  • O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi va «Assambleya jastari» jamoat birlashmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum;
  • Sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
  • Tibbiy sug‘urta jamg‘armalari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
  • Toshkent shahar hokimligi va Ostona shahar hokimligi o‘rtasida hamkorlik bitimi;
  • «O‘zbekneftgaz» va «Kazmunaygaz» aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasida hamkorlik bitimi.

Avvalroq Ko‘ksaroyda Qasim-Jomart Toqayevga «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni topshirilgani xabar qilingandi. Orden topshirish marosimida Mirziyoyev Toqayevning O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik hamkorlik va ittifoqchilikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasini alohida ta’kidladi.