
2025-yilning yanvar – sentabr oylaridagi eng katta qurilish hajmi Toshkent shahri (64,1 trln so‘m) va Toshkent viloyati (25,2 trln so‘m)ga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Hududlar kesimida Samarqand (14,2 trln so‘m), Buxoro (13,8 trln so‘m), Farg‘ona (13,7 trln so‘m) va Qashqadaryo (12,8 trln so‘m) viloyatlari yetakchilik qilmoqda.
Shuningdek, Andijon (11,4 trln so‘m), Namangan (11 trln so‘m), Surxondaryo (10,9 trln so‘m) va Navoiy (10,5 trln so‘m) viloyatlari ham faol qurilish ishlari bilan ajralib turadi.
Eng kam qurilish hajmi esa Sirdaryo (4,4 trln so‘m) va Jizzax (5,9 trln so‘m) viloyatlarida kuzatildi. Qoraqalpog‘iston (7,3 trln so‘m) va Xorazm (9,2 trln so‘m) hududlari ham o‘rtacha ko‘rsatkichga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda eng ko‘p chet el korxonalari Xitoy sarmoyasi bilan ochilgani haqida yozgan edik.