Sport

U-17 Jahon chempionati: O‘zbekiston Italiya bilan bellashadi

Foto: O‘FA

Bugun, 18-noyabr kuni O‘zbekistonning asosiy, U-23 va U-17 terma jamoalari turli musobaqalarda o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.

Birlashgan Arab Amirliklarida davom etayotgan «Al Ain International Cup» xalqaro o‘rtoqlik turniri finalida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi saf tortadi. Uchrashuv 21:00 da «Hazza bin Zayed» stadionida start oladi. O‘zbekiston musobaqa yarim finalida Misr terma jamoasidan 2:0 hisobida ustun kelgan edi.

Qatar maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan U-17 Jahon chempionatida Xorvatiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l olgan U-17 terma jamoamiz musobaqaning 1/8 finalida Italiyalik tengqurlariga qarshi bahslashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi.

Foto: O‘FA

Shuningdek, 2026-yilning yanvar oyida boshlanadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan U-23 terma jamoasi esa xalqaro o‘rtoqlik musobaqasida Xitoyga qarshi kuch sinashadi. Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoa 16:00 da uchrashuvni boshlaydi.

Foto: O‘FA

Avvalroq Kursiv Uzbekistan xalqaro o‘rtoqlik turnirida O‘zbekiston Misrni mag‘lubiyatga uchratgani haqida xabar bergan edi.