
Avstriyalik rassom Gustav Klimtning Elisabeth Lederer portreti asari Nyu-Yorkdagi auksionda $236,4 mlnga sotildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Portret auksionda sotilgan zamonaviy san’at asarlari ichida eng qimmatlaridan biriga aylandi. Klimt bu asarni 1914–1916-yillar oralig‘ida chizgan bo‘lib, unda Elizabet Lederer tasvirlangan. Asar Ikkinchi jahon urushi davrida natsistlar tomonidan talon-toroj qilingan. 1948-yilda asar muallifning ukasi Erix Ledererga qaytarilgan.
Auksionda olti nafar xaridor asar uchun 20 daqiqa davomida raqobatlashdi. Sotuv narxi oldindan taxmin qilingan $150 mlnlik narxdan sezilarli darajada oshib ketdi. Asarning sotilishi Klimtning o‘z asarlari uchun 2023-yildagi Lady with a Fan portreti uchun o‘rnatilgan $108 mlnlik rekordini yangiladi.
Ma’lumot uchun, barcha davrlar bo‘yicha auksionda eng qimmat sotilgan asar Leonardo da Vinchining 2017-yilda $450,3 mlnga sotilgan Salvator Mundi kartinasi hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rassom Pikassoning asari 32 mln yevroga sotilgani haqida xabar bergan edi.