
Yevropa Ittifoqi 2035-yildan boshlab ichki yonuv dvigatelli avtomobillarga qo‘yiladigan taqiqni qayta ko‘rib chiqmoqda. Bu sintetik, bioyoqilg‘i yoki gibrid texnologiyasiga ega modellarning bozorda qolish ehtimolini oshiradi, deya xabar bermoqda The Verge nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, elektromobillar infratuzilmasi yetarli darajada shakllanmagani va sanoatning iqtisodiy xavotirlari ushbu qarorga turtki bo‘lmoqda.
Mercedes-Benz rahbari Ola Kallenius qat’iy muddatlar amaliy emasligini, iste’molchilar elektromobillarni sekin qabul qilayotganini aytdi. Uning fikricha, sintetik yoqilg‘ida ishlaydigan avtomobil va gibridlarga qisman ruxsat berish sanoat barqarorligini saqlashga yordam beradi.
Germaniya ushbu yondashuvni qo‘llab, o‘tish davri uzaytirilishini taklif qilmoqda. Fransiya esa muddatni bekor qilish investitsiyalarni xavf ostiga qo‘yishini ta’kidlab, faqatgina alternativ yoqilg‘ilar hamda gibridlarga cheklangan darajada imkon berishni ma’qul ko‘rmoqda.
Ekspertlar esa gibridlar ekologik jihatdan kutgandek samarali emasligi, PHEV gibridlari real hayotda rasmiy ko‘rsatkichlardan deyarli besh baravar ko‘p CO₂ chiqarishi haqida ogohlantirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda avtomobil bozori 11 foizga o‘sgani haqida xabar bergan edik.