
Telegram messenjerida keng ko‘lamli yangilanishlar orqali yangi imkoniyatlar taqdim etildi. Bu haqda Telegram rasmiy sahifasi ma’lum qildi.


Yangilanishning eng muhim — Live Stories funksiyasida. U foydalanuvchilarga Telegram Stories bo‘limida jonli efir o‘tkazish imkonini beradi. Tomoshabinlar izoh qoldirib, Stars orqali efir egasini qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Funksiya OBS, XSplit va RTMP kalitlari orqali tashqi ilovalardan efir uzatishni ham amalga oshirish mumkin bo‘ladi.


Rejalashtirilgan xabarlar endi kunlik, oylik yoki yillik tarzda avtomatik takrorlanadi. Yangi yaratilgan auksion tizimi esa cheklangan Telegram sovg‘alarini adolatli taqsimlash uchun Stars orqali taklif berish imkonini yaratadi. Eng yaxshi taklif egalari sovg‘alarni oladi, qolganlar Stars mablag‘ini qaytarib oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram’da profilga musiqa qo‘yish funksiyasi ishga tushgan edi.