Yangiliklar

Revolut Fransiyada O‘zbekiston kartalaridan pul o‘tkazmalarini chekladi

Ayrim davlatlar kartalari «yuqori xavfli» hududlar sifatida tasniflangan
Foto: Shutterstock

Britaniyaning Revolut fintex xizmati Fransiyada yashovchi mijozlar uchun 50 dan ortiq davlat banklari tomonidan chiqarilgan kartalar orqali hisobini to‘ldirishni taqiqladi. Bu haqda Oninvest xabar berdi.

Cheklovlar ro‘yxatiga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkiya, Isroil, BAA, Gruziya, Belarus, Rossiya, Serbiya, Monako davlatlar kirgan. Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerika davlatlarining ham bir qismi kiritilgan.

Revolut’ning Fransiyada istiqomat qiluvchi mijozlari bu haqda maxsus bildirishnoma olishgan. Xabarga ko‘ra, mablag‘ni ushbu davlatlarda chiqarilgan kartalardan Revolut hisobiga texnik tarzda qabul qilmaslik bildirilgan.

Nega cheklov qo‘yildi

Revolut texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga ko‘ra, bunday qaror xalqaro to‘lov tizimlarining yangi xavfsizlik talablari bilan bog‘liq. Ayrim davlatlar kartalari «yuqori xavfli» hududlar sifatida tasniflangan, shuning uchun xizmat ularning tranzaksiyalarini qabul qila olmaydi.

Ma’lumot uchun, Revolut — 2015 yilda asos solingan, bosh ofisi Londonda joylashgan britan neobankdir.

U mijozlarga onlayn hisob ochish va moliyaviy operatsiyalarni mobil ilova orqali boshqarish imkonini beradi. O‘nlab valyutalarda pul saqlash, ularni banklararo kurs bo‘yicha almashtirish, shuningdek, xorijga tez va arzon komissiyalar bilan pul o‘tkazish mumkin.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda fuqarolar maoshini oladigan bankni tanlash huquqiga ega bo‘lishi haqida yozgandi.