Sport

Superligada 2025-yilning eng yaxshilari aniqlandi

Foto: pfl.uz

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Superliganing 2025-yilgi mavsumi yakunlari bo‘yicha eng yaxshi nominatsiya g‘oliblarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, «Paxtakor» hujumchisi Igor Sergeyev «Yil futbolchisi» va «Eng yaxshi to‘purar» unvonlari bilan asosiy sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

Foto: UzPFL

«Neftchi»ni chempion qilgan Vitaliy Levchenko esa «Eng yaxshi murabbiy» sovrinini qo‘lga kiritdi.

Foto: UzPFL

Boshqa nominatsiyalarda ham yorqin nomlar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. «So‘g‘diyona» jamoasi sharafini himoya qilgan Lyupcho Doriyev Superligada ko‘rsatgan ajoyib o‘yini tufayli «Yil legioneri» deb e’lon qilindi.

Foto: UzPFL

«Navbahor» futbolchisi Abbos G‘ulomov esa «Yil kashfiyoti» deb topildi. Bu mukofot uning mavsum davomida erishgan keskin o‘sishi va jamoasi uchun muhim o‘yinchiga aylanganini anglatadi. «Dinamo» klubining iqtidorli a’zosi Firdavs Abdurahmonov esa «Yil javohiri» nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Foto: UzPFL

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mavsumning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomiga da’vogarlar e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.