
9-dekabr kuni O‘zbekiston hududida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘adi, tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi mavjud. Harorat kechasi -10°gacha, kunduz kuni esa +17°gacha bo‘ladi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Harorat kechasi | Harorat kunduzi | Holat |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | +1…+3° | +5…+7° | Havo o‘zgaruvchan, yomg‘ir yog‘adi |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | -5…-10° | 0…+5° | Havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir yoki qor, tuman tushishi mumkin |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | -2…+3° | +7…+12° | Havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir, tuman tushishi mumkin |
| Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari | -2…+3° | +3…+8° | Havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir, tuman tushishi mumkin |
| Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari | +2…+7° | +12…+17° | Havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | -2…+3° | +3…+8° | Havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir, tuman tushishi mumkin |
| Respublikaning tog‘li hududlari | -4…+1° | -4…+1° | Havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir yoki qor, tuman tushishi mumkin; Toshkent va Namangan tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi |