Sport

O‘zbekiston vakillari «The Best» sovrini uchun kimlarga ovoz bergani ma’lum bo‘ldi

Foto: Telegram / Jamol Bobo

FIFA’ning 2025-yilgi «The Best» mukofoti uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada O‘zbekiston nomidan milliy terma jamoa sardori Eldor Shomurodov, bosh murabbiy Fabio Kannavaro va Davron Fayziyev ishtirok etdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov birinchi o‘ringa «Barselona» vingeri Rafinyani munosib ko‘rdi. Uning ro‘yxatidan ikkinchi o‘rinni Usmon Dembele («PSJ») egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni yosh iqtidor egasi Lamine Yamal yakunlab berdi.

Foto: Telegram / Jamol Bobo

Terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va Davron Fayziyevning tanlovlari esa o‘zaro mos tushdi. Ularning ikkisi ham yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida Usmon Dembeleni e’tirof etishdi. Ularning ro‘yxatida ikkinchi pog‘onani Lamine Yamal band etgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin Rafinyaga nasib qildi.

Ma’lumot uchun, «The Best» sovrini g‘oliblari milliy terma jamoalar murabbiylari va sardorlari, shuningdek, jurnalistlar o‘rtasidagi ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilgi «The Best» sovrini Usmon Dembelega nasib qilgani haqida xabar bergan edi.