Yangiliklar

Bolgariyada ish: elektriklar oyiga 1000 yevrogacha maosh bilan ishga taklif qilinmoqda

Ish vaqti haftada 5 kun
Oylik maosh $2,1 minggacha: Bolgariyada rasmiy ish o‘rinlari taqdim etilmoqda
Foto: Viabona express

Toshkentdagi GlobalHR xususiy bandlik agentligi orqali Bolgariya, Sofiya shahrida ish o‘rinlari taqdim etilmoqda. Ish beruvchi 50 nafar elektrik ishchisini yollamoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Ish haftasiga besh kun, kunlik sakkiz soat ish rejimidan iborat. Maosh esa boshlang‘ich 1000 yevro bo‘lib, malakaga qarab oshadi. Ish beruvchi ishchilar uchun turar joy va ovqatni ta’minlaydi, shartnoma esa kamida bir yilga mo‘ljallangan.

Ishga qabul qilinadiganlar qurilishda elektrik sifatida tajribaga ega bo‘lishi, rus tilini muloqot darajasida bilishi va 45 yoshgacha bo‘lgan erkaklar bo‘lishi kerak. Qabul qilinganlarga ishchi viza, tibbiy va ijtimoiy sug‘urta imtiyoz tariqasida beriladi.

Tanlov 2026-yil yanvar oyida onlayn suhbat asosida bo‘lib o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun: @globalhruzbot

Aloqa: +998 958 399 999, www.global-hr.uz

Eslatma: Mehnat shartnomasi bevosita ish beruvchi bilan tuziladi. GlobalHR faqat bandlik agentligi sifatida xizmat qiladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri 166 nafar o‘zbekistonlik Yaponiyaning «o‘qish + ish» dasturida ishtirok etishi haqida yozgandi.