Yangiliklar

Sirdaryo, Jizzax va Qoraqalpog‘iston qurilish ishlari bo‘yicha ortda qolmoqda — statistika

Ro‘yxatda Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda
Qurilish tashkilotlaridan 13 kunlik tanaffus talab qilindi
Sirdaryo, Jizzax va Qoraqalpog‘iston qurilish ishlari bo‘yicha ortda qolmoqda / Foto: Ekologiya qo‘mitasi

2025-yilning yanvar – noyabr oylarida O‘zbekistonda jami 273,3 trln so‘mlik qurilish ishlari olib borilgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davridagiga nisbatan 14,6 foizga oshgan, deya xabar bermoqda Milliy statistika qo‘mitasi.

Hududlar kesimida eng ko‘p qurilish ishlari Toshkent shahrida amalga oshirilib, jami 78,8 trln so‘mni tashkil qilgan. Shuningdek, Toshkent viloyatida 29,9 trln so‘m, Samarqand viloyatida 17,4 trln so‘m, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida esa har biri 16,3 trln so‘m hajmida qurilish ishlari bajarilgan.

Qashqadaryo viloyatida 15,9 trln so‘m, Andijon viloyatida 13,9 trln so‘m, Namangan viloyatida 13,8 trln so‘m, Navoiy viloyatida 13 trln so‘m va Surxondaryo viloyatida 13,4 trln so‘m qurilish ishlari amalga oshirilgan.

Hududlar ichida kamroq hajmda qurilish ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8,9 trln so‘m va Sirdaryo viloyatida 5,8 trln so‘mni tashkil qilgan. Jizzax viloyatida esa 7,2 trln so‘m qurilish ishlari bajarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatidagi beshta qurilish kompaniyasi iste’molchilarga 6,7 mlrd so‘m qaytarib berishi haqida yozgan edik.