
Beijing Hyundai kompaniyasi Xitoy bozorida avtomobillar narxini pasaytirish bo‘yicha yangi aksiyani boshladi. Bu haqda Autohome nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, beshta mashhur model narxi yanvar oxirigacha pasaytirilgan bo‘lib, chegirma miqdori 10 ming yuanga (taxminan $1,4 ming) yetadi.
Chegirma narxlar va modellar ro‘yxati:
| Avtomobil modeli | Narxi (yuan) | Narxi (dollar) |
|---|---|---|
| Hyundai Elantra | 69,8 ming | 9,9 ming |
| Hyundai Sonata | 115,8 ming | 16,5 ming |
| Hyundai Tucson L (2025) | 119,8 ming | 17,1 ming |
| Hyundai Custo | 139,8 ming | 19,9 ming |
| EO Yiou (elektrik krossover) | 119,8 ming | 17,1 ming |
Shuningdek, eski avtomobilini yangisiga almashtirayotgan mijozlar uchun qo‘shimcha subsidiyalar 10 ming yuangacha (taxminan $1,4 ming) taqdim etiladi. Barcha chegirmalar to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqaruvchi tomonidan beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kia avtomobillarining narxlari pasaygani haqida xabar bergan edik.