Sport

«Manchester Siti» APL to‘purarlaridan birini sotib oldi

Foto: mancity.com

«Manchester Siti» 9-yanvar kuni «Bornmut» hujumchisi Antuan Semenyoni rasman o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. 26 yoshli futbolchi bilan 2031-yilgacha mo‘ljallangan besh yarim yillik shartnoma imzolandi.

Foto: mancity.com

Antuan Semenyo Pep Gvardiola jamoasiga darhol qo‘shiladi va kelasi seshanba kuni «Nyukasl»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Angilya kubogi yarim final uchrashuvida maydonga tushish mumkin. Ganalik futbolchi joriy 2025/26-yilgi mavsumda «Bornmut» safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Antuan kamtarin, mehnatkash va professional futbolchi. U biz qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘yin uslubiga juda mos keladi», — dedi «Manchester Siti» futbol direktori Ugo Viana

Foto: mancity.com

Asli kelib chiqishi ganalik bo‘lgan, ammo Londonda tug‘ilgan Semenyo faoliyatini «Bristol Siti»da boshlagan. Keyinchalik u «Nyuport», «Sanderlend» klublarida ijara asosida to‘p surgan va 2023-yili «Bornmut»ga o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, hujumchi Gana milliy terma jamoasi safida 32 ta o‘yin o‘tkazgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Liam Rosenior «Chelsi» bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida xabar bergan edi.