Yangiliklar

1000 ot kuchiga ega 2026 Yenko/SC Chevrolet Silverado HD taqdim etildi

Specialty Vehicle Engineering (SVE) kompaniyasi tomonidan
1000 ot kuchiga ega 2026 Yenko/SC Chevy Silverado HD taqdim etildi
1000 ot kuchiga ega 2026 Yenko/SC Chevy Silverado HD taqdim etildi / Foto: GM Authority

Specialty Vehicle Engineering (SVE) kompaniyasi 2026 yil uchun juda kuchli Yenko/SC Chevrolet Silverado 2500/3500 HD Off-Road pikapini namoyish qildi. GM Authority xabariga ko‘ra, model taxminan 1000 ot kuchiga ega bo‘lib, og‘ir yuklarni ham juda tez va ishonchli tashishga mo‘ljallangan.

Yangi model 2026 yilgi Chevy Silverado HD asosida yaratilgan va atigi 50 dona ishlab chiqariladi. U faqat to‘liq yuritmaga (4×4) ega, 10 pog‘onali avtomat uzatma bilan jihozlangan benzinli versiyalar uchun taklif etiladi. Xaridorlar kuzov turi va yukxona uzunligini tanlashlari mumkin.

Foto: GM Authority

Avtomobil kompressor bilan jihozlangan 6,8 litrli dvigatelga ega. U mustahkam po‘lat krank vali, alyuminiy porshenlar va takomillashtirilgan silindr kallaklari bilan yig‘ilgan. Maxsus zanglamas po‘latdan yasalgan chiqarish tizimi o‘rnatilgan.

SVE dvigatel quvvatini yanada qulay boshqarish uchun Boost-By-Wire tizimini qo‘llagan. Bu texnologiya quvvatning birdaniga emas, balki gaz pedaliga bosilishiga qarab asta-sekin oshishini ta’minlaydi.

Foto: GM Authority

Tashqi ko‘rinishda pikap balandroq kuzov, maxsus g‘ildiraklar va kapot hamda yukxona qopqog‘idagi 1000HP belgisi bilan ajralib turadi. Salonida esa Yenko logotiplari, maxsus gilamchalar va bezaklar mavjud. Model narxi hozircha e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq General Motors 2026-yil uchun Chevrolet Equinox EV narxlarini qayta ko‘rib chiqqandi. Ishlab chiqaruvchining tavsiya etilgan chakana narxi barcha komplektatsiyalarda $105 ga pasaytirildi. Ammo yetkazib berish (freight) to‘lovi $405 ga oshirildi. Natijada avtomobilning yakuniy narxi har bir variantda $300 ga qimmatlashdi.