Sport

O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Xitoyga qarshi asosiy tarkibi e’lon qilindi

Mazkur uchrashuv bugun – 17-yanvar kuni, Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Xitoyga qarshi asosiy tarkibi e’lon qilindi
Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining U-23 Osiyo kubogi chorak final bosqichi doirasida Xitoyga qarshi o‘yin uchun asosiy tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan «Qirol Abdulla Al Faysal Sports Siti» stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘yin g‘olibi musobaqaning yarimfinal bosqichiga yo‘l oladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan U-23 Osiyo kubogida O‘zbekiston Janubiy Koreyani mag‘lub etgan haqida xabar bergan edi.