Yangiliklar

Apple Safari uchun sun’iy intellektni ishga tushirishni kechiktirdi — Bloomberg

Kompaniya butun e’tiborini Siri va Google Gemini integratsiyasiga qaratadi
apple
Foto: Estadao

Apple kompaniyasi Safari brauzeriga sun’iy intellektni keng ko‘lamda joriy etish rejalarini qayta ko‘rib chiqdi va loyihani vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.

Insayder ma’lumotlariga ko‘ra, ChatGPT va Perplexity bilan raqobatlashishi kutilgan hamda Apple’ning o‘z World Knowledge dvigatelini yaratishni o‘z ichiga olgan loyiha vaqtincha muzlatib qo‘yildi. Strategiyaning o‘zgarishi sababli veb-sahifalar ishonchliligini baholash va faktlarni avtomatik tekshirish vositalarini ishga tushirish ham kechiktirilmoqda.

Foto: Bloomberg.com

Dastlab Apple 2026-yilda o‘tkaziladigan WWDC konferensiyasiga qadar Safarini to‘liq sun’iy intellekt brauzeriga aylantirishni rejalashtirgan edi. Biroq hozirda ushbu funksiyalar ustida ishlash to‘xtatilgan, jamoa esa matn qisqartmalarini yaratishdagi muammolarni bartaraf etish va bazaviy texnologiyalarni yaxshilash bilan band.

Foto: rozetked.me

Rivojlanishning yangi bosh vektori sifatida Siri va Google Gemini modellarining chuqur integratsiyasi tanlandi. Alohida dasturlarga tarqoq chat-botlarni kiritish o‘rniga Apple Gemini imkoniyatlarini bevosita tizim yadrosiga joylashtirishni maqsad qilgan. Bu yordamchiga asosiy ilovalar ichida uzluksiz ishlash imkonini beradi va amalda kompaniyaning o‘zini oqlamagan ishlanmalari o‘rnini bosadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple Siri’ni to‘liq chat-botga aylantirishi haqida xabar bergan edi.