Yangiliklar

Google foydalanuvchilarni yashirincha eshitgani uchun 68 million dollar to‘laydi

Maqsadli reklama yo‘lida
Google foydalanuvchilarni yashirincha eshitgani uchun 68 million dollar to‘laydi / Foto: Getty Images

Google kompaniyasi foydalanuvchilarni yashirincha eshitgani bo‘yicha da’volarni hal qilish uchun $68 mln jarima to‘laydi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu kelishuv Google’ning ovozli yordamchisi foydalanuvchilarning roziligisiz ularning muloqotlarini yozib olgani va bu ma’lumotlardan reklama tavsiya qilgan. Kompaniya kelishuv doirasida aybini tan olmadi.

Sud da’vosida Google foydalanuvchilarning maxfiy muloqotlarini noqonuniy va qasddan yozib olish hamda ruxsatsiz uchinchi shaxslarga oshkor qilishda ayblangan. Kompaniya da’voda yozuvlardan olingan ma’lumotlar maqsadli reklama uchun uchinchi shaxslarga yetkazilgani iddao qilingan.

Mazkur ish false accepts deb ataluvchi holatga asoslangan bo‘lib, unda Google Assistant foydalanuvchi uni uyg‘otish so‘zini aytmagan bo‘lsa ham muloqotlarni faollashtirib yozib olgani aytiladi.

Bunday holat Apple bilan ham yuz bergan. 2021-yilda Apple kompaniyasi Siri yordamchisi foydalanuvchilarning roziligisiz suhbatlarini yozib olgani bo‘yicha da’volarni hal qilish uchun $95 mln to‘lagan.

Shuningdek, Google oxirgi yillarda boshqa shaxsiy ma’lumotlar bilan bog‘liq sud ishlariga ham duch kelgan. O‘tgan yili kompaniya Texas shtatiga qarshi ikki da’voni hal qilish uchun $1,4 mlrdga tushgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Maskning OpenAI va Microsoft’dan katta miqdordagi pul da’vo qilgani haqida xabar bergan edik.