Yangiliklar

Dollar hafta davomida keskin oshdi

Haftaning boshida dollar pasayish bilan boshlangan bo‘lsa, keyingi kunlarda ketma-ket ko‘tarilish qayd etildi
Dollar hafta davomida kesin oshdi
Foto: Depositphotos

So‘nggi bir hafta davomida dollar kursi O‘zbekistonda notekis, ammo umumiy hisobda o‘sish yo‘nalishida harakat qildi. Haftaning boshida dollar pasayish bilan boshlangan bo‘lsa, keyingi kunlarda ketma-ket ko‘tarilish qayd etildi.

26-yanvar kuni dollar kursi keskin tushib, 51,97 so‘mga pasaydi va 12 084,95 so‘mni tashkil etdi. Oradan bir kun o‘tib, 27-yanvar kuni dollar 13,17 so‘mga oshib, 12 098,12 so‘m darajasida shakllandi.

Foto: Valyuta birjasi saytidan ekran tasviri

28-yanvardan boshlab vaziyat o‘zgardi. Dollar kursi yana o‘sish bosqichiga o‘tdi va 29,90 so‘mga ko‘tarilib, 12 128,02 so‘mni tashkil etdi. 29-yanvarda o‘sish yanada tezlashib, dollar birdaniga 40,96 so‘mga mustahkamlandi va 12 168,98 so‘mga yetdi.

Haftaning oxirgi ish kuni 30-yanvarda ham ijobiy dinamika saqlandi. Dollar yana 32,13 so‘mga oshib, 12 199,10 so‘m darajasida belgilandi. Shu tariqa, hafta davomida dastlabki pasayishlarga qaramay, dollar umumiy hisobda mustahkamlanish bilan yakunlandi. Umumiy hisobda hafta davomida dollar 114,15 so‘mga oshdi.

jadval:

SanaKursdagi o‘zgarishDollar kursi (so‘m)
26-yanvar−51,97 so‘m12 084,95
27-yanvar+13,17 so‘m12 098,12
28-yanvar+29,90 so‘m12 128,02
29-yanvar+40,96 so‘m12 168,98
30-yanvar+32,13 so‘m12 199,10

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.