
«O‘zbekneftgaz» tizimidagi obyektlarda sanoat va ekologiya xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish hamda sog‘liqni saqlash holati bo‘yicha monitoring tekshiruvlari o‘tkazildi.
Tadbirlarda Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi Vodiy neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Ochiq neft va gaz favvoralarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismi, «Andijon neft bazasi», «Farg‘ona neft bazasi», «To‘raqo‘rg‘on neft bazasi» MChJlar va ularga qarashli AYoQShlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Vodiy neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Ochiq neft va gaz favvoralarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismida belgilangan tartiblarga amal qilinganligi ma‘lum bo‘ldi. Shu bilan birga, ayrim xodimlar faoliyatida kamchiliklar ham qayd etildi.
Natijada 16 nafar xodim ogohlantirildi, 5 nafar xodimga nisbatan chora ko‘rildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zbekneftgaz» sobiq raisi qamoqqa olingani haqida xabar berilgandi. U davlat mablag‘larini talon-toroj qilish va boshqa korrupsiyaviy jinoyatlarda gumon qilinmoqda.