Yangiliklar

16-fevral kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
11-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi
Foto: Sun‘iy intellekt

Bugun, 16-fevral kuni respublika hududlarida ob-havo sharoiti o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, biroq ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo hamda Qashqadaryo viloyatining ba’zi hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi ehtimoli bor.

Shamol tezligi 7–12 m/s atrofida bo‘ladi, ayrim hududlarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunduz kuni 15–20 daraja iliq, shimoliy hududlarda esa 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat 17–19 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘adi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli bor. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib qolmoqda, shuningdek, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» nahri O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 22 darajagacha ko‘tarilishi haqida yozgandi.