
Fatvo markazi qoshidagi Call-markazga yangi 1171 qisqa raqam orqali qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati yaratildi. Bu haqda O’zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, xizmat har kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha savollarga javob berishni ta’minlaydi.
Shu bilan birga, Call-markazning an’anaviy 78-150-33-44 raqami ham faoliyat ko‘rsatishda davom etadi.
Xorijdagi vatandoshlar Telegram orqali @fatvo_call_1 va @fatvo_call_2, shuningdek WhatsApp orqali +998917806633 raqami orqali bog‘lanishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramazon oyida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.