
18-fevral uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 53,44 so‘mga tushib, 12 137,86 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
10-fevral kuni esa 17,18 so‘mga oshib, 12 320,34 so‘mga yetgandi. 11-fevral kuni dollar 10,35 so‘mga tushib, 12 309,99 so‘mni, 12-fevral kuni esa 22,68 so‘mga tushib, 12 287,31 so‘mni tashkil etdi. 13-fevral uchun dollar 11,73 so‘mga tushib, 12 275,58 so‘mga yetgandi. 16-fevral kuni dollar 54,6 so‘mga tushib, 12 220,98 so‘mni, 17-fevral kuni esa 29,68 so‘mga tushib, 12 191,30 so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 85,26 so‘mga tushib, 14 379,72 so‘mni, rubl 0,38 so‘mga tushib, 158,13 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.