Yangiliklar

MobiUz aloqa operatoriga hakerlar hujum qildi

68 mingdan ortiq fishing havolalari va firibgarlik saytlari bloklangan
MobiUz aloqa operatoriga hakerlar hujum qildi
Rasm ChatGPT yordamida yaratilgan

MobiUz aloqa operatori kiberhujumga uchradi. Ijtimoiy tarmoqlarda 3 mingga yaqin xodimlarning shaxsiy ma’lumotlari Dark Web’ga sizdirilgani haqida xabarlar tarqaldi.

16-fevral kuni Mobiuz axborot xavfsizligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi. Kompaniya kiberxavfsizlikni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilaganini ta’kidladi.

Ma’lum qilinishicha, maxsus IT xavfsizlik bo‘linmasi zamonaviy dasturiy vositalar orqali infratuzilmani kechayu kunduz monitoring qiladi. 2025-yil davomida 10 mingdan ortiq turli darajadagi DDoS-hujumlar qaytarilgan. Shundan 180 dan ortig‘i jiddiy toifaga kiradi.

Shuningdek, 68 mingdan ortiq fishing havolalari va firibgarlik saytlari bloklangan. Tarmoq infratuzilmasiga ruxsatsiz kirishga bo‘lgan uchta urinish to‘liq bartaraf etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri uch investorga MobiUz’ni sotib olish bo‘yicha takliflarini yaxshilash uchun vaqt berilgani haqida yozgan edi.