
Xorazm viloyati Hazorasp tumanida 13,1 mlrd so‘mlik gaz talon-toroj qilindi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi. Holat «Pahlavon Mahmud» MFYda joylashgan «G.M.H.» MChJga qarashli ko‘p qavatli uyda qayd etilgan.
Tekshiruvda uy ta’minot tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan ulanganligi ma’lum bo‘ldi. Loyiha-texnik hujjatlar ham rasmiylashtirilmagan. Iste’molchi tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, gazdan noqonuniy foydalangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, gaz hajmlari qayta hisoblangan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 13,1 mlrd so‘mlik zarar aniqlangan.
Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Holat bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish olib borilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Farg‘onada ko‘p qavatli uy 1,7 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagani haqida yozgan edi.