
Samarqand shahrida Xorvatiya konsulligi ochilishi mumkin. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Xorvatiya parlamenti delegatsiyasining Samarqandga tashrifi davomida bu masala muhokama qilingan.
Delegatsiya Samarqand shahri hokimi Fazliddin Umarov bilan uchrashdi. Muzokaralarda Toshkentda Xorvatiya elchixonasi va Samarqandda konsullik ochish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar Samarqand va Dubrovnikni birodar shaharlar sifatida bog‘lash tashabbusini ham muhokama qildi. Qayd etilishicha, Dubrovnik aholisi 40 mingdan ortiq. Shunga qaramay, shahar yiliga qariyb 4 mln sayyohni qabul qiladi.
Dubrovnikning turizm tajribasini Samarqandda qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashilgan. Uchrashuvda transport, farmatsevtika, aloqa va IT sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
Kursiv Uzbekistan Xorvatiyada Turkiyaga tegishli yong‘in samolyoti qulab tushgani haqida yozgan edi.