Yangiliklar

O‘zbekistonda 2025-yilda 206,2 ming tonna baliq ovlandi

Ushbu ko‘rsatkich 2024-yil natijalariga nisbatan 3,4 foizga o‘sgan
Foto: Milliy statistika qo‘mitasi

O‘zbekistonda 2025-yil davomida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 206,2 ming tonna baliq ovlandi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha ovlangan baliq hajmi barqaror o‘sish tendensiyasini namoyish etgan. Hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ko‘rsatkich Xorazm viloyatida qayd etildi. Bu hududda yil davomida 35,9 ming tonna baliq ovlangan.

Keyingi o‘rinlarni Toshkent (23,4 ming tonna), Andijon (22,2 ming tonna), Samarqand (20,5 ming tonna) hamda Namangan (20 ming tonna) viloyatlari egalladi. Farg‘ona viloyatida esa bu ko‘rsatkich 16,4 ming tonnani tashkil qilgan.

Boshqa hududlardagi natijalar quyidagicha taqsimlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 13,9 ming tonna, Jizzaxda 12,4 ming tonna, Sirdaryoda 11,7 ming tonna, Navoiyda 10,2 ming tonna va Surxondaryoda 7,7 ming tonna baliq yetishtirilgan. Respublika bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlar Buxoro (6,7 ming tonna) hamda Qashqadaryo (4,6 ming tonna) viloyatlarida kuzatildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yil boshida o‘zbekistonliklar qaysi davlatlarga ko‘proq sayohat qilgani haqida xabar bergan edi.