Yangiliklar

Ortda qolgan haftada nimalar yuz berdi

Kursiv Uzbekistan ortda qolgan hafta davomida respublikada yuz bergan yangiliklarning eng muhimlarini bir joyga jamladi
Sotuvga chiqqan yangi Damas, past o‘sish ko‘rsatgan Yaponiya iqtisodiyoti - 16-fevral kuni e’lon qilingan yangiliklar Sotuvga chiqqan yangi Damas, past o‘sish ko‘rsatgan Yaponiya iqtisodiyoti - 16-fevral kuni e’lon qilingan yangiliklar
Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Kursiv Uzbekistan ortda qolgan hafta davomida respublikada yuz bergan yangiliklarning eng muhimlarini bir joyga jamladi.

Navoiyda «Qadimiy Karmana» turistik markazi tashkil etiladi

Navoiyda «Qadimiy Karmana» turistik markazi tashkil etiladi
Foto: Uzbekistan travel

Navoiyda «Qadimiy Karmana» turistik markazi tashkil etiladi. Prezident qarori bilan 2026-yilda Navoiy viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi.

Qarorga ko‘ra, viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmini o‘rtacha 7,9 foizga oshirish rejalashtirilgan. Sanoat ishlab chiqarishi 7,8 foizga, bozor xizmatlari 15,6 foizga, qishloq xo‘jaligi esa 5,7 foizga o‘sishi ko‘zda tutilgan.

Yangi Chevrolet Damas Max va Move sotuvi boshlandi

Chevrolet Damas Max и Damas Move — цены
Foto: UzAuto Motors

UzAuto Motors yangi Chevrolet Damas Max va Chevrolet Damas Move modellari uchun shartnoma tuzish jarayoni boshlanganini e’lon qildi. Modelning narxi 134,4 mln so‘mdan boshlanadi.

Mazkur avtomobillarni xarid qilish bo‘yicha shartnomani kompaniyaning barcha rasmiy dilerlik markazlarida rasmiylashtirish mumkin. Sotuvlar butun respublika bo‘ylab yo‘lga qo‘yilgan.

MobiUz aloqa operatoriga hakerlar hujum qildi

MobiUz aloqa operatoriga hakerlar hujum qildi
Rasm ChatGPT yordamida yaratilgan

MobiUz aloqa operatori kiberhujumga uchradi. Ijtimoiy tarmoqlarda 3 mingga yaqin xodimlarning shaxsiy ma’lumotlari Dark Web’ga sizdirilgani haqida xabarlar tarqaldi.

16-fevral kuni Mobiuz axborot xavfsizligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi. Ma’lum qilinishicha, 2025-yil davomida 10 mingdan ortiq turli darajadagi DDoS-hujumlar qaytarilgan. Shundan 180 dan ortig‘i jiddiy toifaga kiradi. Shuningdek, 68 mingdan ortiq fishing havolalari va firibgarlik saytlari bloklangan. Tarmoq infratuzilmasiga ruxsatsiz kirishga bo‘lgan uchta urinish to‘liq bartaraf etilgan.

Narxlar tushdi: «Malika»da iPhone 17 modellari arzonlashdi

iPhone 17 на «Малике»
Rasm: Apple

2025-yil 15-oktabrda iPhone 17 (256 GB) narxi $1250 dan boshlangan. 512 GB versiyasi esa $1550 dan sotilgan. 2026-yil 17-fevral holatiga ko‘ra, 256 GB model $1070–1100 atrofida, 512 GB versiya esa $1350 dan sotilmoqda.

17-fevralda iPhone 17 Pro (256 GB) narxi $1300–1400 oralig‘ida. iPhone 17 Pro Max (256 GB) esa rangiga qarab $1490–1590 turadi.

Pro Max’ning 512 GB versiyasi $1650–1860, 1 TB versiyasi $2130–2300, 2 TB versiyasi esa $2600–2900 narxda taklif qilinmoqda. iPhone 17 Air (256 GB)ni $970 ga sotib olish mumkin.

Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi AQShda qanday kutib olindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida amaliy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlariga yetib keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari Vashington yaqinidagi Endryus aviabazasida tantanali ravishda kutib olindi. Aeroportda prezidentni AQSh – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, Missisipi shtati Milliy gvardiyasi birlashgan shtabi qo‘mondoni Djeyms Xenkins hamda boshqa rasmiy shaxslar qarshi oldi. Vashingtonda ajratilgan qarorgohda esa AQSh prezidentining maxsus vakili Paolo Zampolli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talablar yangilanishi kutilmoqda

Andijon va Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosiga chek qo‘yildi
Foto: Pharmaceutical journal

O‘zbekistonda dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlariga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha yo‘riqnoma belgilanadi. Hujjat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan muhokamaga qo‘yilgan.

Loyihaga ko‘ra, arizada ariza beruvchi va ishlab chiqaruvchi yuridik shaxs haqida to‘liq ma’lumot bo‘lishi kerak. Kompaniya nomi, tashkiliy huquqiy shakli, manzili, aloqa raqamlari, rahbari va mas’ul shaxslar haqidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ishlab chiqarish maydonlari bir nechta bo‘lsa, har birining manzili va faoliyat yo‘nalishi alohida ko‘rsatiladi.

Samarqandda dor yo‘li qurilishi boshlandi – foto

Samarqand
Foto: Samarqand shahar hokimligi

Silk Road Samarkand xalqaro turizm markazi hududida zamonaviy dor yo‘li (kanat yo‘li) qurilishi boshlandi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi xabar berdi.

Mark Sukerberg Instagram bolalarni nishonga olgani haqidagi ayblovlarni rad etdi

Foto: The Jerusalem Post

Los-Anjelesda bo‘lib o‘tayotgan sud jarayonida Meta rahbari Mark Sukerberg kompaniya 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarning platformadan foydalanishiga ruxsat bermasligini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda. 

O‘zbekistonda 4 ming km yo‘l zamonaviy tezyurar magistralga aylantiriladi

«Yangi Andijon – Xonobod» yo‘nalishida pulli yo‘l quriladi
Foto: depositphotos

O‘zbekistonda 4000 kilometr magistral yo‘llar rekonstruksiya qilinib, xalqaro talablarga mos «avtoban” darajasiga olib chiqiladi. Bu haqda 16-fevral kuni qabul qilingan va 2026-yilga mo‘ljallangan davlat dasturida belgilab qo‘yilgan.

4 ming km yo‘l «avtoban» bo‘ladi

Hukumat Andijon — Qo‘ng‘irot, Toshkent — Termiz, Samarqand — Shahrisabz hamda Olot — Sariosiyo yo‘nalishlarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Mazkur yo‘llar yuqori sifatli qoplama, har bir yo‘nalishda kamida ikki harakatlanish yo‘lagi, ajratuvchi to‘siqlar va boshqa yo‘llar bilan bir sathda kesishmaslik kabi talablarga javob beradigan zamonaviy «avtoban» ko‘rinishiga keltiriladi.

O‘zbekistonliklar uchun Qatarning yirik vakansiyalar bazasi ochildi

O‘zbekistonliklar uchun Qatarning yirik vakansiyalar bazasi ochildi
Foto: Pexels

O‘zbekistonliklar uchun Qatarning yirik vakansiyalar bazasi ochildi. Bu haqda Migratsiya agentligi Telegramdagi kanalida ma’lum qildi.

Agentlik va Qatardagi Jusour rekruting kompaniyasi o‘rtasida kelishuv imzolangan. Unga ko‘ra, nomzodlar uchun yosh chegarasi 18 dan 45 yoshgacha etib belgilangan. Ingliz tilini kamida A2 darajada bilish talab etiladi. IELTS 5 sertifikati mavjud bo‘lsa, ustunlik beriladi. Arab tillarini biladiganlarga ham afzallik mavjud.