Sport

Milan-Kortina 2026 qishki Olimpiada o‘yinlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Mezbon Italiya terma jamoasi 30 ta medal bilan o‘zining qishki o‘yinlardagi tarixiy rekordini o‘rnatdi
Foto: AP Photo / Antonio Calanni

22-fevral kuni Verona shahridagi qadimiy arenada Milan-Kortina qishki Olimpiada o‘yinlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 17 kun davom etgan musobaqalarda 16 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 116 ta medallar jamlanmasi o‘ynaldi.

Foto: BBC

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Kirsti Koventri tashkilotchilarga yuqori baho berib, ular kelajak uchun yangi standart o‘rnatganini ta’kidladi. Marosim doirasida Olimpiya bayrog‘i 2030-yilgi qishki o‘yinlarga mezbonlik qiluvchi Fransiyaga topshirildi. Navbatdagi musobaqalar ham xuddi shunday keng qamrovli uslubda Alp tog‘lari va Nitsa shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Foto: Milano Cortina 2026
Foto: AP Photo / Bernat Armangue

Mezbon davlat Italiya 10 ta oltin, 6 ta kumush va 14 ta bronza medali bilan 1994-yildagi rekordini yangiladi. Yopilish marosimi Italiya operasi, balet san’ati va zamonaviy musiqasiga bag‘ishlandi. Tadbir yakunida Milan va Kortina shaharlaridagi ikkita Olimpiya olovi rasman o‘chirildi. Endilikda ushbu arenada 6-martdan 15-martgacha Milan-Kortina Paralimpiya o‘yinlari o‘tkazilishi kutilmoqda.

Foto: Sportcal

Avvalroq Kursiv Uzbekistan qishki Olimpiadada O‘zbekiston yana bir litsenziyaga ega bo‘lgani haqida xabar bergan edi.