Lifestyle

Samsung 6G tarmog‘ini joriy etishda yangi bosqichga o‘tdi

Tizim avvalgi avlodlarga nisbatan to‘rt barobar ko‘p antennaga ega
Samsung 6G tarmog‘ini joriy etishda yangi bosqichga o‘tdi / Foto: GSMArena

Samsung kompaniyasi 6G tarmog‘i rivojida muhim texnologiyani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda GSMArena texnonashri ma’lum qildi.

Kompaniya KT Corporation bilan hamkorlikda 7GHz diapazonda «eXtreme multiple-input multiple-output» (X-MIMO) texnologiyasini sinadi va ultra yuqori zichlikdagi antenna tizimi yordamida maksimal 3Gbps yuklab olish tezligiga erishdi.

Mazkur tizim avvalgi avlodlarga nisbatan jihoz o‘lchamini oshirmasdan, to‘rt barobar ko‘p antennani o‘z ichiga oladi va o‘lchami taxminan oldingi tizimlar bilan bir xil.

X-MIMO texnologiyasi 6G tarmoqlari uchun asosiy tayanch hisoblanadi, chunki 7GHz diapazoni sig‘im va qamrov o‘rtasida optimal muvozanatni ta’minlaydi va hali ham millimetr to‘lqin diapazonida ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple sun’iy yo‘ldosh orqali aloqani kuchaytiruvchi g‘ilof ustida ishlayotgani haqida xabar bergan edik.