Yangiliklar

Toshkent havosi eng ifloslangan shaharlar o‘nligiga kirdi

Poytaxt havosining sifati inson salomatligi uchun zararli deb baholanmoqda
17-fevral kuni qanday ob-havo kuzatiladi
Foto: Sun‘iy intellekt

9-mart kuni Toshkent shahrida havo ifloslanish darajasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiya qilgan me’yordan 12,5 barobarga yuqoriladi. Bu haqda IQAir portali ma’lum qildi.

IQAir portali ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent havosining ifloslanish darajasini 156 AQI deb qayd etildi. Havo tarkibidagi PM2.5 zarrachalari konsentratsiyasi JSSTning o‘rtacha yillik tavsiya etilgan me’yoridan 12,5 barobar yuqori bo‘lgan.

Dunyodagi havosi eng ifloslangan shaharlar ro‘yxatida Pokistonning Lahor shahri 341 AQI ko‘rsatkichi bilan birinchi o‘rinni egalladi. Undan keyingi o‘rinlarda Nepalning Katmandu (202 AQI) va Bangladeshning Dakka (200 AQI) shaharlarida havo sifati pasaygani qayd etildi.

Toshkent ushbu reytingda 156 AQI ko‘rsatkichi bilan beshinchi o‘rinni egallagan. O‘xshash ifloslanish darajasi Saudiya Arabistonining Ar-Riyod (156 AQI) va Pokistonning Karachi (156 AQI) shaharlarida ham kuzatilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekisan Toshkentda havo sifati yaxshilangani haqida xabar bergan edi.