Yangiliklar

Avtomobilda itni olib yurish qanday holatda jarimaga sabab bo‘ladi

Itlarni olib yurishda yuk tashish qoidalari qo‘llaniladi
Rasm sun’iy intellektda tayyorlandi

Avtomobilda uy hayvonlarini, jumladan, itlarni olib yurishda yuk tashish qoidalari qo‘llaniladi. Bu haqda avtoekspert Pyotr Shkumatov fikr bildirdi.

Mutaxassisning aytishicha, haydovchi avtomobilda joylashtirilgan yuk, shu jumladan, hayvon to‘g‘ri joylashtirilgani va mahkamlanganini nazorat qilishi shart.

Itni mashinada qanday olib yurish kerak

Avtomobil salonida it haydovchining yo‘lni ko‘rishiga xalaqit bermasligi, boshqaruvga to‘sqinlik qilmasligi, mashinaning barqarorligiga ta’sir o‘tkazmasligi va shovqin yoki boshqa xalaqit beruvchi harakatlar keltirib chiqarmasligi kerak.

Masalan, it haydovchining tizzasida yoki old panel (torpedo) ustida bo‘lishi mumkin emas.

Agar bu qoidalar buzilsa, haydovchi harakatni to‘xtatishi yoki kamchilikni bartaraf etishi talab qilinadi. Aks holda unga ogohlantirish yoki jarima qo‘llanishi mumkin.

Shuningdek, Vladimir Golubevning aytishicha, itning xarakterini to‘liq o‘zgartirish qiyin, biroq uning xatti-harakatlarini to‘g‘rilash mumkin. Buning uchun kuchuk hayotining birinchi olti oyida qo‘lga o‘rgatilishi muhim hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nega ertalab mashina sovuqda o‘t olmasligi haqida yozgandi.