
16-mart uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 20,76 so‘mga tushib, 12 081,63 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
6-mart kuni dollar 4,28 so‘mga tushib, 12 175,53 so‘mni, 10-mart kuni esa 15,72 so‘mga oshib, 12 191,25 so‘mni tashkil qildi. 11-mart kuni esa 33,12 so‘mga tushib, 12 158,13 so‘mni, 12-mart kuni esa 22,37 so‘mga tushib, 12 135,76 so‘mni tashkil etdi. 13-martga kelib 33,37 so‘mga tushdi va 12 102,39 so‘mni qayd etdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 153,27 so‘mga tushib, 13 837,09 so‘mni, rubl 2,64 so‘mga tushib, 150,44 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.