
Dam olish kunlari ayrim tijorat banklari tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, hafta oxiri ham ayrim banklarning valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat yuritib, fuqarolarga zarur moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.
Quyida banklar ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, havolaga bosish orqali faoliyat yuritayotgan bank manzilini bilish mumkin:
- Agro bank
- Apex bank
- Milliy bank
- Tenge bank
- Hamkor bank
- Anor bank
- Garant bank
- Hayot bank
- Asaka bank
- Universal bank
- SQB
- Trust bank
- Orient Finance bank
- Ipoteka bank
- Saderat bank
- Infin bank
- Asia Alliance bank
- Kapital bank
Shuningdek, «24/7» rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali ham xizmatlardan foydalanish yoki tijorat banklarining mobil ilovalari orqali kunning istalgan vaqtida valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 16-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilingan edi.