
Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkent shahridagi bir qator ko‘chalarda avtoulovlar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxtdagi Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumani hokimliklari ma’lum qildi.

20-mart kuni soat 15:00 dan boshlab Chilonzor tumanidagi Al-Xorazmiy ko‘chasining aylanma yo‘l qismidan 2-Qatortol ko‘chasigacha bo‘lgan qismi vaqtincha yopiladi va 21-mart kuni soat 24:00 gacha transport harakati cheklanadi.
Shuningdek, 20-mart kuni soat 18:00 dan boshlab Mirzi Ulug‘bek tumani «O‘zbekiston ovozi» ko‘chasining Shastri va Sodiq Azimov ko‘chalari bilan kesishgan joyidan Shaxrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismi ham vaqtincha yopiladi. Bu cheklovlar 21-22 mart kunlari davomida to‘liq amal qiladi.

21-22 mart kunlari Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «O‘zbekiston ovozi» 24/7 turizm ko‘chasida Navro‘z umumxalq bayrami nishonlanadi. Shu munosabat bilan bayramga tayyorgarlik ko‘rish va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida «O‘zbekiston ovozi» ko‘chasi va unga tutash ko‘chalarda avtoulovlar harakati vaqtincha cheklanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanishi haqida yozgan edik.