
Andijon viloyatida tadbirkorga tegishli 230,7 mln so‘mlik mulkni o‘zlashtirish holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qo‘rg‘ontepa tumanida o‘tkazilgan tekshiruvda fuqaro A.N. «U.M.» MChJga qarashli savdo shoxobchasida moddiy javobgar shaxs bo‘lib ishlagani aniqlangan. U o‘ziga ishonib topshirilgan umumiy qiymati 230,7 mln so‘mlik mobil telefonlarni o‘zlashtirgan.
Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkent va Parkentda sifati kafolatlanmagan dori vositalari savdosi fosh etilgani haqida yozgan edi.