Yangiliklar

OpenAI kompaniyasi Sora video generatorini yopmoqda

Yaqin vaqt ichida kompaniya ilova va API qachon to‘liq o‘chirilishini rasman e’lon qiladi
Foto: OpenAi

OpenAI kompaniyasining Sora loyihasi kutilganidek ommalashmadi va kompaniya uni yopishga qaror qildi. Bu haqda Sora’ning X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilindi.

«Biz Sora bilan xayrlashmoqdamiz», — deya ma’lum qildi OpenAI jamoasi rasmiy bayonotida.

Shuningdek, ishlab chiquvchilar platformadan foydalangan ijodkorlarga minnatdorchilik bildirib, bu yangilik ko‘pchilikni ranjitishini tan oldi.

Foydalanuvchilar uchun muhim ma’lumot

Yaqin vaqt ichida kompaniya ilova va API qachon to‘liq o‘chirilishini, foydalanuvchilar o‘z yaratgan videolarini qanday saqlab qolishi mumkinligini rasman e’lon qiladi.

Kuchli raqobat sabab bo‘ldi

Sora 2024-yil boshida taqdim etilib, katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. Biroq vaqt o‘tishi bilan u Runway, Luma AI va Kling kabi platformalarga yutqazdi. Ushbu xizmatlar kengroq auditoriya uchun qulay va ommaboproq bo‘lib chiqdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ChatGPT’da dinamik vizual formulalar funksiyasi ishga tushirilgani haqida yozgandi.